MUST BE 18 OR OLDER - MUST READ TERMS OF SERVICE

Uzbek - maktub orqali tanishgan mahbus do’stlar

WriteAPrisoner.com mahbuslarga chin do’st topishda ko’mak beruvchi sahifadir. Ko’p sonli yolg’iz erkak va ayol mahbuslar qamoqxona tashqarsidan do’st topish maqsadida bizga murojaat qilmoqda. Siz bu sahifada yoshi, ‘turar’ joyi va eng asosiysi, ozodliktan mahrum etilish sabablarining xilma-xilligi bilan ajralib turgan odamlar bilan tanishishingiz mumkin. Lekin ularning barchasi chidab bo’lmaydşgan yolg’izlik va kuchli do’stlik xohishini his qiladilar.

Davlat va hududiy qamoqxonalarda, ahloq tuzatish koloniyalari va xorijiy hibsxonalarda maktub orqali do’stlashgan minglab unutilgan erkak va ayol mahbuslar xat yozishmasi orqali do’stlik, romantikaga erishishga yoki huquqiy yordam olishga zoriqib umid qilmoqdadir. Ozodliktan mahrum etilganlarchi? Turkum e’lonlar rasmlar ilova qilingan shaxsiy e’lonlardir. Unutmang, bu xayoliy dunyoda mahbuslar kompyuterlardan foydalana olmaydi va ular uchun online chatlar va elektron maktublar imkonsiz vositalar xisoblanadi. Mahbuslarga yozib yuborgan xatingiz ular uchun inson haqlari va huquqlarning qayta tiklanıshini targ’ibot qiluvchi ardoqlangan esdalik bo’lib qoladi. Shu bilan birga ushbu sahifa sizga ilk xatingizni yuborishingizda va javob adresini olishingizda yordam beradi. Biz maktubingizni printerdan chiqarib, to’g’ridan-to’g’ri mahbuslarga yuboramiz va bu orqali sizni pochta xarajatlaridan xalos qilgan bo’lamiz.

Qamoqxonadagi erkak va ayol mahbuslar kamdan-kam hollarda maktub oladilar. Ular kamera ichida kuniga 23 soatlab o’tirishadi. Ba’zilari o’lim jazosini kutadi, boshqalari esa izolyatorlarda quvvatsizlanib boradi. Shunigndek, bu yerda siyosiy mahbuslar va urush asirlarini ham uchratishingiz mumkin. Maktub orqali tanishgan do’stlar ularning yagona rishtasi bo’lishi mumkin. Do’stlik mahbuslar uchun, ayniqsa boshqa mahbuslardan alohida tutilgan o’limga mahkum etilganlar uchun deyarli imkonsiz rishtadir. Qamoqxonadagi maktub orqali tanishgan do’stlarga yordam qo’lingizni uzatishingiz hayotingiz davomida amalga oshirgan eng beg’araz va xayrli ishingiz bo’lib qolishi mumkin. Iltimos, bugunoq ozodliktan mahrum etilganlarga qo’lingizni uzatib, maktub yozing.

WriteAPrisoner.com ga kirish​